24 may kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov 60 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan prezident uni orden bilan mukofotladi, deyiladi O‘zA xabarida.

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, davlat idoralaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy qudratini yuksaltirish, muhim strategik loyihalarni hayotga tatbiq qilish borasidagi ulkan xizmatlari, ibratli faoliyati uchun Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov (1961 yilda tug‘ilgan) Prezidentning sentyabrdagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari etib tayinlangan edi.

Ungacha 10 yildan ziyodroq muddat davomida — 2002 yil mayidan 2012 yil avgustiga qadar bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Bir vaqtning o‘zida 2005−2009 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.

2016 yilning dekabridan beri Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020 yilda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini qayta tasdiqlagandi.