Taniqli matematik, qator darsliklar muallifi Shuhrat Ismoilov vafot etdi, deya xabar bermoqda Respublika ta’lim markazi matbuot xizmati.

O‘zbekistondagi ko‘plab matematiklarning ustozi, Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan 1-, 2-, 3- va 6-sinf matematika fani darsliklari muallifi Shuhrat Ismoilov vafot etdi.

Xalqaro toifadagi ekspert bo‘lgan Shuhrat Ismoilov matematika olimpiadalarida O‘zbekiston o‘quvchilari terma jamoasi rahbari sifatida ko‘plab medallar olib kelgan.