O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, yozuvchi va dramaturg Mengliboy Murodov 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U 1942 yilning 15 mayida Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Shodibek qishlog‘ida ziyoli oilada tavallud topgan. Buxoro davlat pedagogika institutida (1961−1966) tahsil olgan.

Mengliboy Murodovning «Mehr» nomli birinchi she’riy kitobi 1966 yilda nashr etildi. Shundan so‘ng u «Xosiyatli kun» (2001), «Diydor» (2002), «Yuragimda borin aytdim» (2005) nomli she’riy to‘plamlar, «Gunoh» (2008), «Savob» (2011) nomli romanlar, «Mening bola qalbim» (2009) qissasi, hamda «Ko‘ngildagi qo‘shiqlar» (2012), «Umidli dunyo» (2022) kitoblarini yozdi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Adibning «Gunoh» romani respublika mustaqilligining 17 yilligida o‘tkazilgan «Eng ulug‘, eng aziz» ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni oldi.