O‘zbek balet san’atining yetuk iste’dod egalaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Guli Xamrayeva 76 yoshda vafot etdi, deya xabar bermoqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.

Guli Xamrayeva 1946-yil Toshkentda tug‘ilgan. 2000−2002-yillarda balet rejissyori, 2002-yildan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rektori lavozimida faoliyat yuritgan. U O‘zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyevning qizi.

Uning “Baxchasaroy fontani”, “Don Kixot”, “Esmeralda”, “Dilorom”, “Amulet lyubvi”, “Spartak” va boshqa ko‘plab spektakllardagi yetakchi partiyalari milliy balet xazinasidan munosib o‘rin egallagan.

Marhuma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi bo‘lgan, sara jahon va milliy klassik balet spektakllaridagi yetakchi partiyalarni ijro etgan.