Taniqli jurnalist, siyosiy dasturlar muallifi Sohibjon Alijonov 55 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Jurnalistlar uyushmasi matbuot xizmati.

Sohibjon Alijonov 1968-yilda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent davlat madaniyat institutining Madaniy-ma’rifiy ishlar xodimi mutaxassisligini, 2003-yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini davlat va jamiyat qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Faoliyatini “Yoshlar” teleradiokanali “Davr” axborot dasturlari muharririyatida oddiy muharrirlikdan boshlagan va 2006-yilning avgust oyidan 2015-yilga qadar ushbu muharririyatnibosh muharrir sifatida boshqargan. 2015−2017-yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining direktori, 2017−2019-yillar davomida “Toshkent” teleradiokanali va “O‘zbekiston 24″ teleradiokanali” davlat unitar korxonalarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2019-yildan hozirgi kunga qadarO‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini “Ahborot-tahlil multimedia markazi” davlat muassasasining direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 2020-yilda “Do‘stlik” ordeni va bir qator ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Jurnalist Muslim Mirzajonovning Twitter`da yozishicha, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.