O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova vafot etdi. U 82 yoshda yedi. Bu haqda «O‘zbekkino» Milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Klara Jalilova «Maftuningman», «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Chinor tagidagi duel», «Temir xotin», «Temir erkak», «Niqob» kabi filmlarda o‘zga xos rollarni ijro etgan. Ayniqsa, «Maftuningman» filmidagi roli o‘zbek xalqining yuragidan joy olgan.