Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Qudratilla Odinayev brifingda ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, 7 noyabr holatiga respublika bo‘ylab 3048 dan ziyod monitoringlar hamda ijtimoiy tarmoqda tarqalgan 112 dan ortiq xabarlar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan.

Monitoring jarayonida 47 ta majburiy mehnatga jalb qilinganlik holatlari qayd etilgan. Yil boshidan 101 ta shunday holatlar aniqlangan.

Paxta yig‘im-terim mavsumida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 40 ta mansabdor shaxsga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilganligi uchun 428 mln 160 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan, 6 ta holat tegishli tartibga sudga o‘tkazilgan.

126 ta mansabdor shaxslarga nisbatan munosib mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, terim pullari o‘z vaqtida va belgilangan qiymatda bermaganligi uchun jami 204 mln 937 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi, 5 ta holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib sudga o‘tkazildi.

Bugungi kunga qadar Davlat mehnat inspeksiyasiga majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 790 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, call markaz orqali — 461 ta, web sayt orqali — 15 ta, ijtimoiy tarmoq orqali — 113 ta, yozma arizalar — 201 ta qayd etilgan.

Davlat mehnat inspeksiyasi rahbari majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duchor kelgan fuqarolarni 1176 qisqa raqamlariga, 71−200−06−00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishni so‘radi.