O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Komiljon Sharobiddinovich Tojiboyev saylandi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabar berdi.

U bunga qadar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Ekopartiyaning sobiq rahbari Boriy Alixanov, «Adolat» partiyasining sobiq rahbari Nariman Umarov bilan birgalikda oktyabr oyida prezident farmoni bilan Oliy Majlis Senati a’zolari etib tayinlangan edi.