Toshkent viloyatida 17 noyabr kuni besh kishi harakatlanayotgan to‘rtta teplovoz vagonlaridan ko‘mir o‘g‘irlashga uringan, deya xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.

Yuk poyezdi «Obliq» temir yo‘l bekatida 4 ta vagondagi ko‘mir mahsulotlari yuk qabul qiluvchi Olmaliq kon metallurgiya kombinatini Angren shaxridagi filiali bo‘lganligi uchun uzib qolingan. Vagonlar uzilgandan so‘ng xarakat tarkibi Oxangaron yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettirib ketgan.

«Ushbu uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib belgilangan manzilga olib o‘tish vaqtida ko‘mir maxsulotini talon-taroj qilish maqsadida 5 nafar noma’lum shaxslar vagonga osilgan», — deyiladi xabarda.

Shu yerda xizmat olib borayotgan Oxangaron o‘qchilik komandasi o‘qchisi tomonidan vagonga chiqqan shaxslarni ushlash maqsadida teplovozni to‘xtatgan, lekin teplovoz to‘xtagach, ushbu shaxslar har tomonga qochib ketishgan. Hozirda tezkor qidiruv ishlari olib borilmoqda.