Xorazm viloyatida odamlarni urish-do‘pposlash kabi jinoyatlarni sodir qilib kelganlikda gumon qilingan bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki tezkor surishtiruvlar natijasiga ko‘ra, ushbu guruhga urganchlik muqaddam sudlangan S.X. (1986 y.t.) boshchilik qilganligi aniqlangan.

Ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida S.X. bilan birgalikda B.E. (1992 y.t.) va O.M. (1986 y.t.) ham gumonlanuvchi tariqasida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Gumonlanuvchilarga tegishli avtomashinalardan pichoq va temir bita ashyoviy dalil tariqasida olingan.

«Tergov harakati davomida ushbu shaxslar tomonidan ilgari sodir qilingan jinoyatlar va ularning boshqa jinoiy sheriklarini aniqlashga ham e’tibor qaratiladi», — deyiladi ma’lumotda.