Bosh prokuratura matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kelinning qaynonasi tomonidan o‘ldirilgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

Xabarda aytilishicha, 5-may kuni soat 10:00 atrofida Toshkent viloyatida 1955-yilda tug‘ilgan ayol o‘zining kelini (1985-yilda tug‘ilgan, uch nafar farzandi bor) bilan o‘rtada o‘zaro kelishmovchilik chiqqan. Janjal oqibatida qaynona oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak qafasiga bir marta zarba bergan.

Ayol og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. U shifokorlar yordamiga qaramay, 9 may kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Tergov ishlarini Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi olib bormoqda, deyiladi xabarda.