Yakshanba kuni «Uyga yo‘l» xayriya ko‘rgazmasining ikkinchi kuni Toshkent hayvonot bog‘ida davom etmoqda. Ushbu ko‘rgazma hayvonot bog‘i tomonidan «Hayot» hayvonlarni himoya qilish jamiyati va «Mushukkent» loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Tadbirdan maqsad — ko‘chalarda topilgan yoki ushlangan uysiz kuchuklar va mushuklarga oila topishga yordam berish. Barcha hayvonlar tekshiruvdan o‘tkazilgan, davolangan, vaksinatsiya, sterilizatsiya, kastratsiya qilingan va pasport olgan. «Gazeta.uz» fotomuxbiri ushbu tadbirning birinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.

Foto

Foto: Toshkent shahar IIBB.