Jamiyat

Shanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi
30 sentabr 2022, 11:36

Shanba kuni ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida biroz yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada esa O‘zbekiston bo‘yicha quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +21…+26 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkentda odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan blogerlar 15 sutkaga qamaldi
30 sentabr 2022, 11:19

Toshkentda odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan blogerlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda ikki nafar bloger 15 sutkaga qamaldi. Ular odamlarni kaltaklab, shilqimlik qilgan va jamoat tartibini buzuvchi videolarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylab borgan. Blogerlardan biri avval ham 15 sutka qamoq jazosini o‘tab chiqqandi.

Prezident ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
30 sentabr 2022, 11:05

Prezident ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston pedagoglariga 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. «Ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, moddiy ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tariladi», — dedi u.

O‘zbekistonda 1 oktabr kuni 5 ballik magnit bo‘roni kuzatiladi
30 sentabr 2022, 10:17

O‘zbekistonda 1 oktabr kuni 5 ballik magnit bo‘roni kuzatiladi

O‘zbekistonda shanba kuni 5 ballik magnit bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu vaqtda arterial gipertoniya va bronxial astmasi borlar aziyat chekadi, ko‘pchilikda orqa bosh miyada og‘riq turadi, shu bois kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.

«Ummon» guruhi solisti Zohid boshqaruvidagi BMW YTHga uchradi, bir kishi vafot etdi
30 sentabr 2022, 09:39

«Ummon» guruhi solisti Zohid boshqaruvidagi BMW YTHga uchradi, bir kishi vafot etdi

Rulda sobiq «Ummon» guruhi solisti Zohid Risqiyev bo‘lgan BMW Toshkentda YTHga uchradi. Hodisa oqibatida bir kishi vafot etdi.

“Hozirgi aksar tarjimalarni o‘qib, ko‘zlarimni o‘yib olgim keladi”. O‘zbek tarjimonlari bilan suhbat
30 sentabr 2022, 00:01 1

“Hozirgi aksar tarjimalarni o‘qib, ko‘zlarimni o‘yib olgim keladi”. O‘zbek tarjimonlari bilan suhbat

Kitobxonlar orasida g‘aliz jumla, Google translate`ga solingan degan fikrlar tez-tez yangrab turadi. Aslida, tarjima qanday jarayon? Nega tarjima kitoblar ko‘p bo‘lsa-da, ular til tabiatiga yot bo‘lib qolmoqda? 30 sentabr — Xalqaro tarjimonlar kunida “Gazeta.uz” tarjimonlar bilan shu mavzuda suhbatlashdi.

Toshkent yaqinida tez tayyorlanadigan Big-Bon va Rollton lapshalari ishlab chiqariladi
29 sentabr 2022, 23:18

Toshkent yaqinida tez tayyorlanadigan Big-Bon va Rollton lapshalari ishlab chiqariladi

«Angren» erkin iqtisodiy zonasi va Vetnam-yapon Mareven Food Holdings o‘rtasida Big-Bon va Rollton brendlari ostida tez tayyorlanadigan makaron mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi. Investitsiyalar hajmi qariyb 125 mln dollarni tashkil etadi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinlandi
29 sentabr 2022, 22:54

Jo‘rabek Mirzamahmudov bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinlandi

Prezident «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Jo‘rabek Mirzamahmudovni bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri etib tayinladi.

29 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 sentabr 2022, 22:00

29 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Poytaxtda tezlik 50 km/soatgacha tushirishi mumkinligi , bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan Toshkent viloyati prokurori bo‘lgan Shavkatjon Raximov, Pokistonga gumanitar yordam jo‘natgan O‘zbekiston va BMT, go‘daklar o‘limi, DXM orqali nikohdan o‘tish eksperimenti va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Mayning va kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullanuvchilar faoliyati uchun yig‘im to‘laydi
29 sentabr 2022, 21:12

Mayning va kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullanuvchilar faoliyati uchun yig‘im to‘laydi

O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig‘imlar miqdori belgilandi. Mayning faoliyati uchun — BHMning 10 baravari (3 mln so‘m), kripto-birja faoliyati uchun — BHMning 400 baravari (120 mln so‘m) har oyda to‘lov qilish kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonliklar uchun haj kvotasini ikki barobar — 24 minggacha oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi
29 sentabr 2022, 19:16

O‘zbekistonliklar uchun haj kvotasini ikki barobar — 24 minggacha oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya uchrashuvida o‘zbekistonliklar uchun yillik haj kvotasini ikki barobar — 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Qo‘llanma: YAIDXP orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron ishonchnoma qanday rasmiylashtiriladi?
29 sentabr 2022, 18:07

Qo‘llanma: YAIDXP orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron ishonchnoma qanday rasmiylashtiriladi?

1 sentabrdan YAIDXP orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron shakldagi ishonchnomalarni rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» Payme bilan hamkorlikda smartfon yordamida buni qanday qilish kerakligi haqida batafsil so‘zlab beradi.

Saudiya Arabistoni ziyoratchilar sayohatini osonlashtirishga mo‘ljallangan Nusuk platformasini ishga tushirdi.
29 sentabr 2022, 18:05

Saudiya Arabistoni ziyoratchilar sayohatini osonlashtirishga mo‘ljallangan Nusuk platformasini ishga tushirdi.

Saudiya Arabistoni dunyo bo‘ylab ziyoratchilarning sayohatini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan Nusuk integratsiyalashgan raqamli platforma bo‘lgan Nusukni ishga tushirdi. U orqali vizaga ariza topshirish, mehmonxona va reyslarni bron qilish mumkin.

Farg‘onada «Moskovich» somon ortilgan pritsepi bilan birga yonib ketdi
29 sentabr 2022, 17:50

Farg‘onada «Moskovich» somon ortilgan pritsepi bilan birga yonib ketdi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida «Moskovich» va unga ulangan pritsep 300 dona press somoni bilan yonib ketdi. Hodisa oqibatida avtomashina egasi kuyish jarohati oldi.

Mahallalar yashil bog‘ tashkil etish uchun hokimlikka tashabbus bilan chiqishi mumkin
29 sentabr 2022, 17:10

Mahallalar yashil bog‘ tashkil etish uchun hokimlikka tashabbus bilan chiqishi mumkin

Hukumat qaroriga ko‘ra, ️davlat organlari va tashkilotlari, mahallalar va ko‘p kvartirali uy-joylar mulkdorlari «Yashil bog‘lar»ni barpo etish bo‘yicha hokimliklarga tashabbus bilan chiqishi mumkin. Taklif bosqichma-bosqich ma’qullansa, «Yashil hudud» davlat unitar korxonasi bilan shartnoma tuzilib, bog‘ yaratiladi.

AQSh endi o‘zbek paxtasini majburiy mehnat mahsuli deb hisoblamaydi
29 sentabr 2022, 16:13

AQSh endi o‘zbek paxtasini majburiy mehnat mahsuli deb hisoblamaydi

AQSh o‘zbek paxtasini bolalar va majburiy mehnat orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi. Buning natijasida AQShga paxta eksporti uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Biroq, mamlakatda ipak pilla yetishtirishda hamon majburiy mehnat qo‘llaniladi, deya xabar beradi AQSh mehnat vazirligi.

Toshkentga yil yakuniga qadar 190 ta katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi
29 sentabr 2022, 15:47

Toshkentga yil yakuniga qadar 190 ta katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi

Toshkent shahriga 2022 yil oxirigacha 190 dona MAN rusumli avtobuslar olib kelinadi. Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritiladi va kam sig‘imli ISUZU larning o‘rnini egallaydi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Raximov lavozimidan ozod etildi
29 sentabr 2022, 14:54

Bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Raximov lavozimidan ozod etildi

Bosh prokurorning o‘rinbosari Shavkatjon Raximov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ishdan olindi.

Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi (foto)
29 sentabr 2022, 13:59

Mo‘ynoqda «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi (foto)

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Orolbo‘yi suv havzalarida uchraydigan baliqlardan tayyorlangan 120 dan ortiq taomlar namoyish etildi (foto).

O‘zbekiston va BMT Pokistonga gumanitar yordam jo‘natadi
29 sentabr 2022, 12:59

O‘zbekiston va BMT Pokistonga gumanitar yordam jo‘natadi

Pokistondagi kuchli suv toshqini jabrlanuvchilarga vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar-joy modullari bo‘lgan samolyot Termizdan Karachiga uchdi. Yordam O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan yuborildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting