29 sentabr kuni prezident farmoni bilan bosh vazirning yangi yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari — energetika vaziri tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

5 oydan beri bo‘sh turgan lavozimni Jo‘rabek Mirzamahmudov egalladi. Bungacha vazilikni boshqargan Alisher Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tgandi.

Payshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida xalq vakillari Jo‘rabek Mirzamahmudov nomzodini ko‘rib chiqib, ma’qulladi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov (1979 y. t.) 2001 yilda «Umid» jamg‘armasi granti asosida AQShdagi Alabama universitetini, 2005 yilda esa Toshkent kimyo texnologiyalari institutini tamomlagan.

Avval Vazirlar Mahkamasi Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish axborot-tahlil departamenti mudiri bo‘lib ishlagan. «O‘zkimyosanoat» boshqaruvi raisini o‘rinbosari va iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2018 yil iyunidan «O‘zatom» agentligini boshqarib kelayotgandi. 2019 yilda u energetika vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. 2020 yilda mazkur lavozimidan ozod etildi. O‘shanda u «O‘zatom» agentligi va «O‘zkimyosanoat» kompaniyasidagi rahbarlik lavozimlarini saqlab qolgandi.