Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida ««Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» gastronomik festivali o‘tkazildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.

Festival Qoraqalpog‘iston, xususan Mo‘ynoq tumanining o‘ziga xos gastronomik turizmi salohiyatini keng targ‘ib qilish, hududda madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar sonini ko‘paytirish va bu orqali hududga tashrif buyuruvchi mahalliy hamda xorijiy turistlarning sonini yanada ko‘paytirish maqsadida tashkil etildi


Festivalda Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlaridan kelgan mahoratli oshpazlar tomonidan tayyorlangan «Bes barmaq», «jugeri gurtik», «Aqsaulaq», «Turama», «Mayek borek» va baliqdan tayyorlangan «Baliq qarma», «Ilonbaliqdan kotletlar», «Baliq sorpa», do‘lma, palov kabi 120 dan ziyod taomlar namoyish etildi.


Tadbir davomida, shuningdek, mahalliy oshpazlarning baliq taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, oshpazlar o‘rtasida bellashuv, mahalliy hunarmandlarning ko‘rgazmalari, milliy estrada va folklor ijrochilari, milliy raqs ansambli tomonidan konsert dasturi va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi va musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, gastronomik festival mehmonlariga turli-tuman baliq taomlaridan totib ko‘rish imkoniyati berildi.