Toshkent markazida tezlikni 50 km/soatgacha tushirish rejalashtirilmoqda

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi komissiyasi harakat tezligini Kichik halqa yo‘lida 60 km/soat, poytaxt markazi — A.Navoiy, Mahtumquli, A.Temur, KHAY, I.Karimov, T,Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarida esa 50 km/soatgacha tushirish masalasini muhokamaga qo‘yishni ko‘zlayapti.

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Shavkatjon Raximov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi.

AQSh endi o‘zbek paxtasini majburiy mehnat mahsuli deb hisoblamaydi

AQSh o‘zbek paxtasini bolalar va majburiy mehnat orqali ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan chiqardi. Buning natijasida AQShga paxta eksporti uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Biroq, mamlakatda ipak pilla yetishtirishda hamon majburiy mehnat qo‘llaniladi, deya xabar beradi AQSh mehnat vazirligi.

Toshkentga yil yakuniga qadar 190 ta katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi

Toshkent shahriga 2022 yil oxirigacha 190 dona MAN rusumli avtobuslar olib kelinadi. Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritiladi va kam sig‘imli ISUZU larning o‘rnini egallaydi.

O‘zbekiston va BMT Pokistonga gumanitar yordam jo‘natadi

Pokistondagi kuchli suv toshqini jabrlanuvchilarga vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar-joy modullari bo‘lgan samolyot Termizdan Karachiga uchdi. Yordam O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan yuborildi.

AQSh davlat kotibi yordamchisi v.b. O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi, Davlat departamentining Xalqaro jamoatchilik bilan aloqalar byurosi rahbari Elizabet Tryudo 3−6 oktabr kunlari O‘zbekistonga keladi. U rasmiylar va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan uchrashadi.

Sirdaryoda nikohdan o‘tish va ajrashish uchun arizalarni DXM orqali topshirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

ukumat qarori bilan 1 noyabrdan 1 iyulgacha nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. Shuningdek, tug‘ilganlikni shifoxona orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi 1 yanvardan Toshkentda, 1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

15 dekabrdan Qozog‘iston va O‘zbekiston bojxonalarida oldindan axborot almashish tizimi ishga tushadi

Chimkentda O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlari rahbarlari uchrashdi. Unda bojxona chegaralari orqali tranzit tarzda harakatlanayotgan tovar va transpor vositalari haqida oldindan axborot almashish tizimini joriy yil 15 dekabridan boshlab ishga tushirishga kelishib olindi.

Prezident transport sohasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev transport sohasidagi islohotlarni jadallashtirishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi. «Agar biz transport va logistikani yangi bosqichga olib chiqmasak, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlay olmaymiz», — dedi u.

Senat: Bir yilda go‘daklar o‘limi 7214 tani tashkil etdi

Senat Kengashining reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha majlisida 2021 yilda 7214 ta go‘dak vafot etgani ma’lum qilindi. Bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha qator kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Xo‘jalikda ommaviy ravishda nobud bo‘lgan baliqlar Chirchiq daryosiga oqizib yuborildi

Chirchiq daryosida baliqlarning ommaviy nobud bo‘lgani aytilgan video e’lon qilindi. Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Baliqlar Yangiyo‘l tumanidagi baliqchilik xo‘jaligida nobud bo‘lgani va Chirchiq daryosiga oqizib yuborilgani aniqlandi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

O‘zbekiston bosh gematologi — onkogematologik kasalliklarni davolashdagi yutuq va kamchiliklar haqida

Har yili 2500 ga yaqin o‘zbekistonliklarda onkogematologik kasalliklar aniqlanadi. Davolashdagi ba’zi yutuqlarga qaramay, suyak iligi transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yilmagan va ayrim dorilar bilan terapiya mavjud emas. Bosh gematolog Eldor Ishoqov bemorlarga yordam berish, vaziyatni yaxshilash yo‘llari haqida so‘zladi.

Qo‘llanma: YAIDXP orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron ishonchnoma qanday rasmiylashtiriladi?

1 sentabrdan YAIDXP orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron shakldagi ishonchnomalarni rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. «Gazeta.uz» Payme bilan hamkorlikda smartfon yordamida buni qanday qilish kerakligi haqida batafsil so‘zlab beradi.