28 sentabr kuni Adliya vazirligida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi bo‘yicha nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullanuvchi maynerlar va xizmatlar provayderlari faoliyati uchun yig‘im to‘laydi. Bunda:
- mayning faoliyati uchun — BHMning 10 baravari (3 mln so‘m);
xizmatlar provayderlari bo‘yicha:
- kripto-birja faoliyati uchun — BHMning 400 baravari (120 mln so‘m);
- mayning-pul faoliyati uchun — BHMning 100 baravari (30 mln so‘m);
- kripto-depozitariy faoliyati uchun — BHMning 5 baravari (1,5 mln so‘m);
- kripto-do‘kon faoliyati uchun — BHMning 20 baravari (6 mln so‘m) to‘lov qilish kerak bo‘ladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Yig‘imlar maynerlar va xizmatlar provayderlari tomonidan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran har oyda to‘lanadi.