Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro uyida 27 nafar o‘zbek va Qirg‘izistonda yashovchi voyaga yetmagan bolalarga diniy ta’limdan saboq berib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloyati IIB xabar berdi.

Gumonlanuvchining diniy bilimga va tegishli ruxsatnomaga ega emasligi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, u 500 ming so‘m pul evaziga 2020 yildan buyon “Qur'oni-karim” va “Muallimi Soniy” kitoblaridan jami 27 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.

Qolaversa, diniy ta’lim jarayonida voyaga yetmagan bolalarni urib, ularga tan jaroxati yetkazgan, deyiladi xabarda.

Mazkur holatga asosan hozirda tergovga qadar surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.