24 fevral tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov meksikalik Edgar Puertoga qarshi jang qiladi.
Buxorodagi Yoshlar markazida I Xalqaro ziyorat turizmi forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi.
O‘ninchi sinf o‘quvchisi maktabga MINI UZI IWI plastmassali pnevmatik to‘pponcha-pulemyot bilan keldi. Qurol hayot uchun tahdid uyg‘otmadi.
Prezident Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarning ishonchli boshqaruviga berishni topshirdi.
Oliy sud raisi o‘rinbosari Bahodir Dehqonov 21-fevral kuni hibsga olindi.
2019-yilda har bir tumanda uchtadan qishloqda “Obod qishloq” dasturi amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarga 6 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Ko‘priklar inventarizatsiyasi ularning aniq soni va holatini aniqlashga imkon beradi. Aksariyat ko‘priklar 1970-yillarda yoki avvalroq qurilgan.
Toshkentda 11−17 mart kunlari Hashar Week aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Bir hafta davomida 21 ta maxsus chiqindi yig‘ish shoxobchasida faqat saralangan maishiy chiqindilar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlari orqali pulli tunnellar qurish, Ohangaron va Angren shaharlarini aylanib o‘tuvchi pulli yo‘l qurishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan yili Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar qiymati 2017-yilga nisbatan 32 foizga o‘sib, 845,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yengil avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish huquqini tadbirkorlarga berish 2021-yilga qoldirildi.
Dastlabki prezident maktablari Toshkent, Nukus va Xivada ochiladi. Ularga 4-sinfdan keyin qabul qilinadi. Bitta sinfda 12 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi.
Prezident qurilish materiallar sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri va AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonlik qo‘mondoni Afg‘onistondagi vaziyat va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Poytaxt atrofi yaproq va igna bargli daraxt ko‘chatlaridan iborat «Yashil belbog‘» bilan o‘rab chiqiladi. Bu yil 4300 tup daraxt ekish rejalashtirilmoqda.
Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlarining anjumani bo‘lib o‘tadi.
Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi mutaxassislari Dubaydagi Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazida amaliyot o‘tash uchun jo‘nab ketdi.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha Navoiy viloyat sudi xodimi sudya tomonidan kaltaklangani haqida ma’lum qildi. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari “E-IJRO AUKSION” orqali ijaraga beriladi. MIB qoshidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi” Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting