Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish huquqini to‘liq tadbirkorlik sub’ektlariga o‘tkazish 2021-yilning 1-yanvariga kechiktirildi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 15-fevral kuni o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Hukumatning 2017-yil 22-dekabrdagi qarorida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish huquqini 2018-yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich, 2019-yil 1-yanvardan esa to‘liq xususiy tadbirkorlarga berish ko‘zda tutilgan edi. Hujjatda ushbu muddatning kechiktirilish muddatlari keltirilmagan.

Hujjatda transport vositalarining texnik holatini baholash uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnik bazalarni joylashtirish uchun bino va maydonlarga talablar ham tasdiqlangan.