Ma’muriy ishlar bo‘yicha Navoiy viloyat sudi xodimi D.N. huquqni muhofaza qilish organlariga 15 fevral kuni sudya O.T tomonidan kaltaklangani yuzasidan murojaat qildi, dedi Bosh prokuratura vakili «Gazeta.uz"ga.

D.N. viloyat sudida kompyuter tizimlarini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish muhandisi sifatida ishlaydi. Uning arizasida qayd etilishicha, sudya O.T. xizmat xonasida sudyalar oldida oyoqlari bilan tepgan.

«Mazkur holat bo‘yicha Navoiy prokuraturasi tergov oldi tekshiruvi olib bormoqda. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan», — deya ma’lum qildi Bosh prokuratura vakili.