O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari — ma’muriy ishlar bo‘yicha sud kollegiyasi raisi Bahodir Dehqonov 21-fevralning birinchi yarmida o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi, deya xabar qildi “Gazeta.uz"ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasi.

2017-yil may oyida Oliy Majlis qarori bilan Bahodir Dehqonov besh yil muddatga Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar u Oliy xo‘jalik sudi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.