Avval xabar berganimizdek, Buxoro shhrida 21−23 fevral kunlari I Xalqaro ziyorat turizmi forumi bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lib, unda 120 dan ortiq mehmonlar qatnashishi aytilgandi.

Bugun tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov qatnashdi.

Buxoro yoshlar markazida o‘tkazilayotgan ushbu forumda viloyatning hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar namoyishi ham tashkil etilgan. Shuningdek, ba’zi narsalarni shu yerning o‘zida tayyorlab ko‘rsatishmoqda.