O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 9 oktyabr kuni Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida joylashgan Nurota, Qo‘shrabot va Zomin tumanlarida yer osti suvlaridan ratsional foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu tumanlarda yer osti suvlari resurslari intensiv ravishda tortib olinayotgani sababli suv osti suvlari pasaygan va zaxiralari kamaygan.

1 noyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar tumanlardachuchuk suv osti zaxiralari joylashgan hududlarda quduq qazishga ruxsat berish bo‘yicha yangi tartiblar o‘rnatiladi. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faqatgina:

  • Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan — suvni tejovchi texnologiyalarni hisobga olgan holda sug‘orish uchun;
  • Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va tumanlar hokimiyatlari bilan — hududiy rivojlanish va ratsional foydalanish hududiy dasturlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ruxsat beradi.

Tartiblar aholini ichimlik bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan quduqlarga tegishli emas.

Bundan tashqari, 2020 yildan yuqoridagi tumanlarda bosqichma-bosqich kam suv talab qiluvchi qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va yetishtirish, shuningdek, yerni sug‘orishda suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanish mexanizmlari joriy etiladi.

Geologiya qo‘mitasiga ushbu tumanlar hududida yer osti suvlari resurslari darajasi va sifati ustidan monitoringni kuchaytirish topshirildi.