Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov 23 noyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan GFC20 turnirida qatnashadi. Bu haqda u o‘zining instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkaziladigan MMA musobaqasida rossiyalik sportchi maxsus sehmon sifatida taklif etilgani mazkur musobaqa uchun chiqarilgan bannerlarda aks etgan.

«Assalomu alaykum O‘zbekiston. 23 noyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladigan GFC20 turnirida inshaAlloh qatnashaman. Yaqin orada uchrashamiz. Barchaga sog‘lik va omad» deb yozadi Habib o‘zining instagramdagi sahifasida.

UFC chempioni shuningdek ushbu xabar ostida prezident Shavkat Mirziyoyevning kuyovlari — Oybek Tursunov va Otabek Umarovning instagramdagi sahifasini «teg» qilgan.