2020 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda narxi 40 ming dollardan boshlanuvchi, ishlab chiqarilganiga 2 yil to‘lmagan qimmatbaho yengil avtomobillar importidagi imtiyoz bekor qilinmoqda. Bu prezidentning 2 oktyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan (hujjat «Gazeta.uz» tahririyatida mavjud.

Imtiyoz 2019 yilda joriy etilgan bo‘lib, qimmatbaho avtomobillarga nol foizlik import bojxona boji va 20 foiz miqdoridagi aksiz solig‘i qo‘llanilayotgan edi.

2020 yil 1 yanvardan bojxona stavkasini dvigatel hajmidan kelib chiqib hisob-kitob qilish tartibi qaytariladi.

Joriy yilning birinchi olti oyida O‘zbekistonga 600 ga yaqin qimmatbaho avtomobil va 20 ta elektromobil import qilindi. Davlat bojxona qo‘mitasi buni imtiyozlar joriy etilgani bilan izohladi.