Qabul qilingan prezident qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tariladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Shu bilan birga, bojxona boji va aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar ularning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilinishi belgilandi.