Buxoro viloyatida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ularni qiynab kelayotgan masalalarni hal etish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati DSB matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, viloyatda haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tadbirkorlar bilan ishlash kunlari deb belgilanib, shu kunlari joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

E’tiborli tomoni amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan davrida faoliyatini to‘xtagan 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlariga yaqindan yordam berilishi natijasida ularning faoliyati qayta tiklandi.

Jumladan:

332 ta yuridik shaxs,

5 710 ta yakka tartibdagi tadbirkor o‘z biznesini boshladi

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin 2019 yil 1 sentabr holatida viloyatda tadbirkorlik sub’ektlarining soni 52 900 dan ortdi.

Jumladan ularning

22 846 tasi yuridik shaxs,

30 060 tasi esa yakka tartibdagi tadbirkorlardir.