Podpolkovnik Zulfiqorov Bahrom Bilolidinovich mudofaa vazirining matbuot kotibi — axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti «Gazeta.uz»ga.

Bahrom Zulfiqorov (1980 y. t) Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan (2001) va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini (2008) tamomlagan.

Bunga qadar Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Mudofaa vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida Mudofaa vazirliga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i sanaladi.