Elmurat Sidikmatovich Xaitmetov O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining direktori etib tayinlandi. Vazirlar Mahkamasi 10 oktyabr kuni bu haqdagi qarorni qabul qildi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Tayinlovga qadar Elmurat Xaitmetov (1972 y. t.) 2014 yildan buyon qo‘mitada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Agentlik O‘zbekiston prezidentining 11 sentyabrdagi farmoniga asosan tashkil etilgan. Reklama bozorini nazorat qilish va tovarlar nazorat xaridlarini amalga oshirish uning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.