2020 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda qandolat mahsulotlari va shokolad importi uchun bojxona boji stavkalari oshiriladi. Bu prezidentning 2 oktyabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan (hujjat «Gazeta.uz» tahririyatida mavjud).

Tarkibida kakao bo‘lmagan shakardan (jumladan ok shokolad) tayyorlangan qandolat mahsulotlari uchun import boji 30 foizgacha oshiriladi (hozirda — 20 foiz).

Tarkibida kakao mavjud bo‘lgan shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun stavkalar hozirgi 15 foizdan 30 foizgacha oshiriladi.

2018 yilda qandolat mahsulotlari va shokolad uchun bojxona boji 10 foiz darajasida edi.