Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 22 mayidan boshlab ayrim karantin qoidalari yumshatilmoqda, deya xabar berdi rasmiy Koronavirus Info telegram kanali.

Komissiya qaroriga ko‘ra, “sariq” va “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda quyidagilar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi:

  • ochiq sayilgoh;
  • muzey;
  • san’at galereyalari

O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.

Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilarn tana xaroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlarini oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.