21 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2964 (+14) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Kun avvalida yangi COVID-19 holatlari soni 11 taga oshib, 2950 taga yetgani xabar qilingan edi. Hozircha kunlik o‘sish — 35 tani tashkil etmoqda.

Ayni paytda 45 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 17 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, qolgan 28 ming nafari uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

Shuningdek, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 540 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi. Jumladan, kechagi kunning o‘zida 12 mingga ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazilgan va 84 ta yangi holat aniqlangan edi.

Koronavirus infeksiyasidan xalos bo‘lganlar soni esa 2407 nafarni tashkil etmoqda.