21 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2967 (+3) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bugun yangi qayd etilgan 28 ҳолатдан 7 nafari halqaro yuk tashishga ixtisoslashgan avtomashina haydovchilari bo‘lsa, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan tasdiqlandi.

Toshkent shahri, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 20 holatda kasallik aholi orasidan aniqlanib, koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar fuqaro boshqa fuqarolar bilan yaqin muloqotda bo‘lib, kasallikni jami 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga yuqtirgan. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda mamlakatda 2407 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda respublikada 547 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.