Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 31 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 21 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 11 nafari Toshkent shahridan, 5 nafardan Samarqand va Toshkent viloyatlaridan, 3 nafardan Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan, 2 nafari Buxoro viloyatidan, 1 nafari Xorazm viloyatidan va yana 1 nafari Tojikistondan. Bemorlardan 24 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 76 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan bola.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlar 1 nafardan Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Tojikiston Respublikasidan. Sog‘ayganlarning 3 nafari uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchilari bo‘lib, Rossiyadan kelishgan. 1 nafar fuqaro (ayol) esa kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Ulardan eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 30 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 813 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 848 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2407 nafarни tashkil etmoqda.