Oston O‘runov «Spartak» futbol klubiga o‘tdi
5 avgust 2020, 15:40

Oston O‘runov «Spartak» futbol klubiga o‘tdi

«Ufa» futbolchisi, 19 yoshli o‘zbekistonlik Oston O‘runov rasman Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tdi. U «qizil-oqlar» bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi. Yosh futbolchi 20-raqam ostida to‘p suradi. Transfer summasi e’lon qilinmadi.

Poytaxt hududi kengaytiriladi
5 avgust 2020, 15:31

Poytaxt hududi kengaytiriladi

Shahardan Toshkent viloyatiga 1010 ga, viloyatdan poytaxtga 10196 ga yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Prezident poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

«Qanchalik ko‘p karantinda ushlasak, biz odamlarni shunchalik ko‘p qiynaymiz» — Prezident
5 avgust 2020, 14:16

«Qanchalik ko‘p karantinda ushlasak, biz odamlarni shunchalik ko‘p qiynaymiz» — Prezident

«Biz karantinni qancha uzoq vaqt davom ettirsak, odamlarni shunchalik qiynab qo‘yamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. U zudlik bilan koronavirus bilan kasallangan barcha bemorlarni qamrab oladigan davolash tizimini yo‘lga qo‘yishni buyurdi.

FHDYO organlarining qog‘oz shaklidagi arxivlari raqamlashtiriladi
5 avgust 2020, 13:51

FHDYO organlarining qog‘oz shaklidagi arxivlari raqamlashtiriladi

Yil yakuniga qadar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazasi shakllantiriladi. Buning uchun respublika byudjetidan 30 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan.

Beyrut portidagi kuchli portlash qurbonlari soni 100 nafardan oshdi
5 avgust 2020, 13:23

Beyrut portidagi kuchli portlash qurbonlari soni 100 nafardan oshdi

Livan poytaxtidagi portda ro‘y bergan kuchli portlashga bojxonachilar 2015 yilda musodara qilgan 2700 tonna ammiakli selitra sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hodisa qurbonlari soni 100 nafardan oshdi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.

Samarqand aeroporti rekonstruksiyasiga 62 mln dollar ajratiladi
5 avgust 2020, 13:09

Samarqand aeroporti rekonstruksiyasiga 62 mln dollar ajratiladi

Samarqand aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng o‘tkazish qobiliyatini soatiga 600 dan 1200 yo‘lovchiga oshiradi. Shuningdek, 22 ta havo kema uchun to‘xtash va uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi yakunlanmoqda.

COVID markazlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi
5 avgust 2020, 12:55

COVID markazlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi

COVID markazlari xodimlariga koronavirusga qarshi kurashish davrida beriladigan moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari miqdori belgilandi: vrach xodimlarga — 2,5 mln so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlariga — 1,5 mln so‘m, kichik tibbiyot xodimlariga — 1 mln so‘m va boshqa xodimlarga — 500 ming so‘m.

Ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning yangi tizimi ishga tushiriladi
5 avgust 2020, 12:13 1

Ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning yangi tizimi ishga tushiriladi

Yil yakuniga qadar ijtimoiy nafaqalarni tayinlash bosqichma-bosqich «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim qanday ishlaydi, kam ta’minlangan oilalarga qanday nafaqalar tayinlanadi, qanday hollarda arizalar rad etiladi — batafsil.

Koronavirus holatlari 27,3 mingdan oshdi
5 avgust 2020, 10:48

Koronavirus holatlari 27,3 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 267 nafarga ortib, jami 27314 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.

Kun davomida 746 ta koronavirus holati aniqlandi
5 avgust 2020, 01:55

Kun davomida 746 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni 746 tani tashkil etib, umumiy ko‘rsatkich 23 mingtaga yetdi. Shuningdek, kasallikdan sog‘ayganlar 18 mingdan oshdi.

O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari xakerlarga qarshi birgalikda kurashadi
4 avgust 2020, 20:39

O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari xakerlarga qarshi birgalikda kurashadi

O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Banklarning muammoli kreditlari ulushi 2,9 foizgacha o‘sdi
4 avgust 2020, 19:48

Banklarning muammoli kreditlari ulushi 2,9 foizgacha o‘sdi

O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar ulushi yil boshidan buyon 1,4 foizga o‘sib, 2,9 foizga (7 trln so‘m) yetdi. Aksariyat banklarda kredit portfelining sifati yomonlashgan.

Prezident vaksina xarid qilish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
4 avgust 2020, 19:20

Prezident vaksina xarid qilish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosariga tez orada vaksina ishlab chiqarishni boshlashi kutilayotgan Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalaridan vaksinani xarid qilish va mamlakat aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Namanganda 1 kunda 2 ta YTH sodir bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi
4 avgust 2020, 18:39

Namanganda 1 kunda 2 ta YTH sodir bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi

Namanganda Tracker yo‘lni kesib o‘tayotgan olti yoshli bolani urib yubordi. Boshqa bir YTHda esa «Moskvich» qarama-qarshidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Bola va Nexia haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi.

Ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi
4 avgust 2020, 16:57

Ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

Toshkentlik ikki nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (erkak) o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan hamda o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etdi.

Tergov departamenti Xorazmdagi «samosud» yuzasidan ma’lumot berdi
4 avgust 2020, 16:18

Tergov departamenti Xorazmdagi «samosud» yuzasidan ma’lumot berdi

Xorazm viloyati Gurlan tumanida sodir etilgan «samosud» bo‘yicha ma’lumot berildi. Aniqlanishicha, 24 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan 20 yoshli boshqa bir ayolni dugonalari bilan birgalikda ushlab olib, kaltaklagan.

Ispaniyaning sobiq qiroli korrupsion mojaro sababli mamlakatni tark etdi
4 avgust 2020, 14:56

Ispaniyaning sobiq qiroli korrupsion mojaro sababli mamlakatni tark etdi

Korrupsiya mojarosi markazida qolgan Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos I mamlakatni tark etdi. Ispaniya prokuraturasi u Saudiya Arabistonida temir yo‘l qurilishi vaqtida pullarni o‘g‘irlagan, degan gumonda.

Yarim yilda ro‘yxatga olingan nikohlar soni chorak qismga, ajralishlar 20 foizga qisqardi
4 avgust 2020, 14:46

Yarim yilda ro‘yxatga olingan nikohlar soni chorak qismga, ajralishlar 20 foizga qisqardi

O‘zbekistonda yarim yil davomida 75,5 mingta nikoh va 12,8 mingta ajrimlar ro‘yxatga olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 27,5% va 20% pastroq ko‘rsatkich qayd etildi. Ajrashgan oilalarning 19,6 foizi (2500 taga yaqini) ikki va undan ortiq farzandga ega.

AQSHda TikTok ni taqiqlash rejalashtirilmoqda
4 avgust 2020, 14:45

AQSHda TikTok ni taqiqlash rejalashtirilmoqda

AQSH prezidenti Donald Tramp agar Xitoyning TikTok ilovasi 15 sentyabrga qadar Microsoft yoki boshqa amerikalik kompaniya tomonidan sotib olinmasa, mamlakatda uning taqiqlanishi haqida e’lon qildi. Sotib olingan taqdirda, kelishuvdan tushgan mablag‘ning bir qismini AQSH G‘aznasiga tushirilish sharti qo‘yildi.

Statistikani rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi
4 avgust 2020, 14:02

Statistikani rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi

Prezident 2025 yilgacha mo‘ljallangan statistikani rivojlantirish milliy strategiyasini tasdiqladi. Davlat statistika qo‘mitasining barcha davlat idoralaridan mustaqilligi ta’minlanadi. Qo‘mita qoshidagi jamoat kengashiga nodavlat-notijorat tashkilotlar, biznes va ommaviy axborot vositalari vakillari jalb qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting