3 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorni imzoladi.

Ushbu hujjat Jahon banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, u 2020−2025 yillarda O‘zbekiston statistikasini rivojlantirish milliy strategiyasi va uni amalga oshirishning yo‘l xaritasini tasdiqladi.

Statistika tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • statistika organlarini tegishli, sifatli va ishonchli ma’lumotlarni to‘plashga, ma’lumotlarning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga yo‘naltirilgan mustaqil xizmatga aylantirish;
  • o‘z vakolatlari va majburiyatlarini kuchaytirish orqali Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Statistika kengashining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va to‘plashning yaxlit tizimini tashkil etish;
  • idoraviy ma’lumotlar bazalarini statistik boshqaruvning yagona tizimiga kiritish;
  • statistika organlari faoliyatini yanada moddiy va texnik ta’minotini takomillashtirish orqali hududiy statistika organlarining tarkibi va vazifalarini bosqichma-bosqich optimallashtirish.

Farmon Davlat statistika qo‘mitasining barcha davlat organlari va tashkilotlaridan, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlaridan — mahalliy davlat hokimiyat organlaridan mustaqil ekanligini tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, statistika organlarining faoliyatiga har qanday aralashuv, shu jumladan rasmiy statistik hisobotlarni va so‘rovlarni to‘plash, shuningdek ularni nashr etish taqiqlanadi. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan yaratilgan statistik ma’lumotlar rasmiy ravishda e’lon qilinadi.

Davlat statistika qo‘mitasi boshqa statistika chiqaruvchilarning statistik metodologiyalarning xalqaro standartlariga muvofiqligini auditdan ўтказиш huquqini oldi. Audit natijalariga ko‘ra qo‘mita vazirlik va idoralarga amalga oshirilishi majburiy bo‘lgan takliflarni yuborishi mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasi qoshida faoliyat ko‘rsatadigan Jamoatchilik kengashiga qo‘shimcha vazifalar yuklangan. Shu o‘rinda qo‘mitaning ishini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tegishli statistikani shakllantirishda Davlat statistika qo‘mitasiga yordam berish, foydalanuvchilarning statistik ma’lumotlarga bo‘lgan ishonchini va qiziqishini oshirish uchun foydalanuvchilar bilan yaqin aloqani o‘rnatish kabi vazifalar qo‘yildi.

Kengashda NNT vakillari, tadbirkorlar, olimlar, jurnalistlar, shuningdek, milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.

Ushbu hujjat loyihasi aprel oyida muhokama qilish uchun e’lon qilingan edi. Unda, xususan, Davlat statistika qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasini tuzish taklif qilingan edi.