4 avgust kuni O‘zbekistonda 746 holatda kasallik qayd etildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi holatlarning 23 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 723 tasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Xorazm, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 789 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 27 047 nafar bemordan 18 051 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 831 nafar bemordan 619 nafari og‘ir, 155 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.