5 avgust soat 10:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27314 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent viloyatida, 84 nafari Toshkent shahrida, 39 nafari Buxoro viloyatida, 12 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 9096 kishi davolanmoqda. Ulardan 619 nafari og‘ir, 208 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 18051 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.