Bosh prokuratura BEVERLee Businees faoliyatini o‘rganishni boshladi
18 avgust 2020, 23:24 1

Bosh prokuratura BEVERLee Businees faoliyatini o‘rganishni boshladi

BEVERLee Businees moliyaviy piramidaga asoslangani va o‘z mahsulotlarini koronavirusga davo sifatida pullayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng Bosh prokuratura kompaniya faoliyatini o‘rganishni boshladi.

Hojatxonasi yo‘q AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin
18 avgust 2020, 23:06

Hojatxonasi yo‘q AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin

1 sentyabrdan hojatxonalar bilan ta’minlanmagan AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi, ular litsenziyasi bekor qilinishi mumkin. Ular ushbu talabni 1 martga qadar bajarishlari kerak edi, biroq muddat uzaytirildi.

Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi
18 avgust 2020, 18:34

Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi

Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi. U yana 300 dollar talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirilgan.

Toshkentda mast haydovchi boshqarayotgan mashina beton to‘siqqa urildi, yo‘lovchisi halok bo‘ldi
18 avgust 2020, 18:09

Toshkentda mast haydovchi boshqarayotgan mashina beton to‘siqqa urildi, yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Toshkentning Mirobod tumanida mast haydovchi boshqarayotgan avtomobil beton to‘siqqa borib urildi. Yo‘lovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Ilon Mask dunyo boylari orasida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi
18 avgust 2020, 17:37

Ilon Mask dunyo boylari orasida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi

Ilon Maskning boyligi 2020 yil boshidan 57,2 mlrd dollarga o‘sib, umumiy 84,8 mlrdni tashkil etdi. Asosiy sabablardan biri yil boshidan Tesla kompaniyasining aksiyalari 339 foizga o‘sganligi bo‘ldi.

Ataulla Xudaybergenov olamdan o‘tdi
18 avgust 2020, 17:33

Ataulla Xudaybergenov olamdan o‘tdi

Nukusda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Ataulla Xudaybergenov hayotdan ko‘z yumdi.

Qashqadaryoda rag‘bat pulini ololmayotgan tibbiyot xodimlari viloyat hokimligi binosi oldida to‘plandi
18 avgust 2020, 17:15

Qashqadaryoda rag‘bat pulini ololmayotgan tibbiyot xodimlari viloyat hokimligi binosi oldida to‘plandi

Qashqadaryoda rag‘bat pulini ololmayotgan tez yordam haydovchilari va hamshiralar viloyat hokimligi binosi oldida to‘plandi. Viloyat hokimligi murojaatchilarning aksariyati dispecherlar ekani va ularning rag‘batlantiriluvchilar ro‘yxatida yo‘qligini ma’lum qildi.

17 avgustni Toshkent shahri kuni deb e’lon qilish taklifi bildirildi
18 avgust 2020, 15:54

17 avgustni Toshkent shahri kuni deb e’lon qilish taklifi bildirildi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi 17 avgustni shahar kuni deb e’lon qilish va har yili ushbu bayramni keng nishonlash taklifini ilgari surdi.

Maktab va bolalar bog‘chalari ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
18 avgust 2020, 14:29 1

Maktab va bolalar bog‘chalari ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me’yorlari ishlab chiqilib, Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilganidan keyin bolalar bog‘chalari va maktablar faoliyatini boshlashga ruxsat beriladi.

Chet eldagi muvaffaqiyatli fuqarolar nomi «oltin daftar»ga kiritiladi
18 avgust 2020, 14:06

Chet eldagi muvaffaqiyatli fuqarolar nomi «oltin daftar»ga kiritiladi

Prezident tashabbusi bilan «oltin daftar» ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Uning tarkibiga o‘zbekistonlik potensial sarmoyadorlar va nufuzli universitetlarning professor-o‘qituvchilari kiritiladi.

Surxondaryoda mudhish avariya — olti kishi o‘ldi, olti kishi jarohatlandi
18 avgust 2020, 13:56

Surxondaryoda mudhish avariya — olti kishi o‘ldi, olti kishi jarohatlandi

Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Cobalt haydovchisi olti kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ular orasida 2 oylik chaqaloq ham bor. Yana olti kishi, jumladan, o‘zi va 1 yashar go‘dak jarohatlandi.

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlash taklif etildi
18 avgust 2020, 13:10

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlash taklif etildi

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlovchi qonun loyihasi taklif etilmoqda. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan loyihaga ko‘ra, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish kutilmoqda.

Mayitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 dollar talab qilgan ekspert ushlandi
18 avgust 2020, 11:52

Mayitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 dollar talab qilgan ekspert ushlandi

Vafot etgan fuqaroning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSH dollari talab qilib olgan sud-tibbiy eksperti ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Uychi tumani hokim o‘rinbosari karantin payti bazmda ishtirok etgani uchun hayfsan oldi
18 avgust 2020, 11:38

Uychi tumani hokim o‘rinbosari karantin payti bazmda ishtirok etgani uchun hayfsan oldi

Namangan viloyati Uychi tumani hokimining o‘rinbosari Muxtorjon Bobojonovga karantin paytida bayramda ishtirok etganligi uchun hayfsan berildi va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan rasmiy tekshiruv boshlandi.

Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi
18 avgust 2020, 10:49

Odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi» qonunning yangi tahririga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot oshkor etilmaydi. Shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi ham belgilandi.

Koronavirus holatlari 36 mingdan oshdi
18 avgust 2020, 10:02

Koronavirus holatlari 36 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 173 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Toshkent shahrida 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlarning 593 nafari og‘ir ahvolda, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

YUNEP o‘simlik diyetasiga o‘tishni maslahat bermoqda
18 avgust 2020, 09:29

YUNEP o‘simlik diyetasiga o‘tishni maslahat bermoqda

Asosan don, dukkakli ekinlar, meva va sabzavotlar kabi mahsulotlarga asoslangan diyetaga o‘tish nafaqat inson salomatligiga, balki atrof-muhitga ham foyda keltiradi. Ammo hozirgi kunga qadar, ovqatlanish bo‘yicha milliy ko‘rsatmalarning aksariyati ushbu yondashuvga amal qilmaydi, deb hisoblaydi YUNEP.

Aholi tomonidan sotilgan valyuta hajmi $2,5 mlrd ga yetdi
18 avgust 2020, 09:24

Aholi tomonidan sotilgan valyuta hajmi $2,5 mlrd ga yetdi

Yanvar-iyul oylarida aholi tomonidan banklarga 2,5 mlrd dollar sotildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizga ko‘p. Sotib olingan valyutalar hajmi esa 2 mlrd dollarga teng.

3000 dan ortiq dorixonalarga rasmiy ogohlantirish berildi
18 avgust 2020, 09:21

3000 dan ortiq dorixonalarga rasmiy ogohlantirish berildi

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida ko‘pchilik dorixonalarda COVID-19 bilan davolanish uchun zarur bo‘lgan vositalarning tanqisligi va narxlarning oshirilishi kuzatilmoqda. Bu borada 3000 dan ortiq dorixona xodimlari rasmiy ogohlantirilgan. Dorixonalarda hattoki dori vositalarini tovar chekisiz sotish holatlari ham kuzatilgan.

Kun davomida 598 ta koronavirus holati aniqlandi
18 avgust 2020, 00:53

Kun davomida 598 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 598 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 36 mingtaga yaqinlashdi. Kasalxonalarda 4,1 ming bemor qoldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting