17 avgust kuni O‘zbekistonda 598 ta koronavirus holati aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Andijon, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Namangan hamda Xorazm viloyatlarida jami 607 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35 927 nafar bemordan 31 580 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 109 nafar bemordan 593 nafari og‘ir, 178 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.