Yanvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 50 foizga yoki 842 mln dollarga oshdi, deya xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 2 mlrd dollarga teng bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida — 686 mln dollar).

Iyul oyida aholi tomonidan xorijiy valyutani sotish hajmi 321 mln dollarni (iyun oyida 345 mln dollar), xarid hajmi — 311 mln dollarni (323 mln dollar) tashkil etdi.

Markaziy bank.