20 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda Борий Alixanov va Наримон Umarovni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari ro‘yxatidan chiqarish va президент farmoniga asosan Oliy Majlisining Senati a’zoligiga tayinlangan Boriy Alixanov va Narimon Umarovni Senat a’zolari etib ro‘yxatga olish masalalari ko‘rib чиқилган.

Markaziy saylov komissiyasi 39-Qiziltepa saylov okrugidan saylangan Oliy Majlisining Qonunchilik палатаси deputati Boriy Batirovich Alixanov hamda 82-Sho‘rchi saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Nariman Madjitovich Umarovlarning bergan yozma arizasiga asosan ularning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi yuzasidan qaror qabul qildi.

Shuningdek, davlat rahbarining 2020 yil 20 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida"gi фармонига asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi Alixanov Boriy Batirovich va Umarov Nariman Madjitovichlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari etib ro‘yxatga олинди.