O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 4 mln nafardan oshdi
24 sentabr 2021, 11:41

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 4 mln nafardan oshdi

23 sentabr kuni O‘zbekistonda 216 ming 853 doza koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 mln 007 ming 732 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 11,43 foizini tashkil qilmoqda.

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi
24 sentabr 2021, 11:30

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 1 avgustgacha xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro‘yxati tuziladi. Ularning yagona reyestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.

Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni $83 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
24 sentabr 2021, 10:55

Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni $83 ming evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘istonda 83 ming dollar evaziga o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

23 sentabr kuni O‘zbekistonda 560 kishida koronavirus aniqlandi
24 sentabr 2021, 10:36

23 sentabr kuni O‘zbekistonda 560 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha kun davomida O‘zbekistonda 560 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 134 kishida pnevmoniya qayd etildi, 1 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh iqlim inqiroziga qarshi birgalikda kurashadi
24 sentabr 2021, 10:28

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh iqlim inqiroziga qarshi birgalikda kurashadi

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh iqlim inqirozini yengish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Unda aytilishicha, iqlim o‘zgarishi mintaqada suv mavjudligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, cho‘llanish va tuproq degradatsiyasini tezlashtirmoqda.

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi qariyb 36 mlrd dollarga yetdi
23 sentabr 2021, 22:25

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi qariyb 36 mlrd dollarga yetdi

Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2 milliard dollarga oshib, 35,9 mlrd dollarga yetdi. Umumiy tashqi qarzning YAIMga nisbati esa 57 foizni tashkil qildi.

Toshkentda besh talabaning o‘limi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hukm o‘qildi
23 sentabr 2021, 21:59

Toshkentda besh talabaning o‘limi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hukm o‘qildi

Toshkentning Yunusobod tumanidagi xususiy uylardan birida besh talabaning is gazidan zaharlanib vafot etgani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Ijaraga bergan ayolga uch yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

23 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 sentabr 2021, 21:30

23 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining prezident saylovlari bo‘yicha so‘rovi, “Olmazor” — “Sergeli” metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi, akademik litseylar uchun mandat e’lon qilinishi — “Gazeta.uz"ning 23 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Bu saylovoldi tashviqoti emas» — MSK Sherzod Asadovning MIR21YOYEV yozuvi tushirilgan futbolkasi haqida
23 sentabr 2021, 21:08

«Bu saylovoldi tashviqoti emas» — MSK Sherzod Asadovning MIR21YOYEV yozuvi tushirilgan futbolkasi haqida

O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifi chog‘ida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov MIR21YOYEV yozuvi tushirilgan futbolkada bo‘lgan suratlari e’lon qilindi. MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, qonunchilikda nima kiyish belgilanmagan va bu bo‘yicha e’tiroz bildirish noo‘rin. MSK doimiy a’zosi Xudoyor Mamatov futbolka «tashviqot materiali» sanalmasligini ta’kidladi. Bundan tashqari, MSK raisi o‘rinbosari amaldagi prezidentlik bilan nomzodlik o‘rtasidagi chegara hech qaysi davlatda aniq belgilanmaganligini qayd etdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
23 sentabr 2021, 21:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Jazoirning Marokash uchun o‘z havo makonini yopgani, AQShga evakuatsiya qilingan afg‘on qochqinlarining yomon sharoitlarda yashayotgani, Ukrainada oligarxlar to‘g‘risida qonun qabul qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaradi
23 sentabr 2021, 19:47

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimini Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaradi

Fransiyaning Veolia kompaniyasi 30 yil davomida Toshkentning issiqlik ta’minoti tizimini boshqaradi. Kompaniya poytaxtning ikki tumanida sinov loyihasini amalga oshirmoqda. Tariflar isitish tizimini modernizatsiya va rekonstrutsiya qilish xarajatlarini hisobga olgan holda tuziladi va har yili 1 maygacha kengash tomonidan tasdiqlanadi. Pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida yetkazilgan zararlar mahalliy budjet subsidiyalari hisobidan qoplanadi.

OTB 2021−2022 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozlarini yangiladi
23 sentabr 2021, 19:01

OTB 2021−2022 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha prognozlarini yangiladi

OTBning 2021 yilgi yangilangan prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021 yilda 5 foiz, 2022 yilda esa 5,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. OTB 2021 va 2022 yillar uchun inflyatsiya prognozlarini mos ravishda 10 va 9 foiz darajasida saqlab qoldi. Shuningdek, joriy hisob defitsiti bo‘yicha prognozlarini oshirganini ma’lum qildi.

IKEA O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi
23 sentabr 2021, 18:53

IKEA O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi

IKEA kompaniyasi O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza yubordi. Kompaniyaning arizasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Qashqadaryoda o‘zini zo‘rlamoqchi bo‘lgan qo‘shnisini o‘ldirib qo‘ygan ayolga jinoiy ish ochildi
23 sentabr 2021, 17:47

Qashqadaryoda o‘zini zo‘rlamoqchi bo‘lgan qo‘shnisini o‘ldirib qo‘ygan ayolga jinoiy ish ochildi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida homilador ayol o‘zini zo‘rlamoqchi bo‘lgan qo‘shni erkakni pichoqlab o‘ldirdi. Ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Avvalroq erkakning yaqinlari prokuror bilan uchrashish uchun g‘alayon ko‘targan edi.

«Ochiq budjet» axborot portalidagi jamoatchilik fikri orqali ichki yo‘llar ta’mirlanadi
23 sentabr 2021, 17:42 1

«Ochiq budjet» axborot portalidagi jamoatchilik fikri orqali ichki yo‘llar ta’mirlanadi

Prezident 1 oktabrgacha «Ochiq budjet» axborot portalidagi takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga qo‘shimcha 59,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, 2022 yildan ichki yo‘llarni ta’mirlashga ajratiladigan 50 foiz mablag‘ «Ochiq budjet» axborot portalida aholi ko‘p ovoz bergan hududlarga yo‘naltiriladi.

MY5 telekanali ma’muriy javobgarlikka tortildi
23 sentabr 2021, 16:28

MY5 telekanali ma’muriy javobgarlikka tortildi

“Mening yurtim” telekanali kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi a’zolariga tegishli bo‘lgan kinofilmlarni ruxsatsiz va shartnoma tuzmasdan efirga uzatgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Metroda voyaga yetmagan qizga behayo harakatlar qilgan shaxs ushlandi
23 sentabr 2021, 16:24

Metroda voyaga yetmagan qizga behayo harakatlar qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida metroda 13 yoshli qizga behayo harakatlari uchun qidiruvda bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Fuqaro ilgari bir necha jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
23 sentabr 2021, 16:19

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,05 so‘mga pasayib, 10 670,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Akademik litseylar uchun mandat e’lon qilindi
23 sentabr 2021, 15:42

Akademik litseylar uchun mandat e’lon qilindi

Oliy ta’lim vazirligi respublika OTMlari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalarini e’lon qildi.

“Olmazor” — “Sergeli” metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi
23 sentabr 2021, 14:16

“Olmazor” — “Sergeli” metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

“Olmazor” — “Sergeli” yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 25 sentabr soat 21:00 dan 26 sentabr soat 07:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Metropoliten yo‘lovchilari ushbu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yiladigan avtobuslardan yo‘l kira xaqqisiz foydalanishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting