Profilaktik ishlari olib borilishi munosabati bilan, “Olmazor” — “Sergeli” yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 25 sentabr soat 21:00 dan 26 sentabr soat 07:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Metropoliten yo‘lovchilari ushbu yo‘nalishdagi avtobuslardan yo‘l kira haqqisiz foydalanishi mumkin.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati