23 sentabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 216 ming 853 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 84 398 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 75 418 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 57 037 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 19 197 082doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 10 766 226 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 6 169 354 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 2 261 502 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 mln 007 ming 732 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 11,43 foizini tashkil qilmoqda (Davlat statistika qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining soni 35 mln 049 ming 464 nafar). Bu ko‘rsatkich emlash rejalashtirilgan 21 mln 455 ming 214 kishining 18,67 foizini tashkil etadi.

Jami emlanganlarning yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona (2 mln 133 ming 825 doza), Andijon (2 mln 093 ming 494 doza) va Namangan (2 mln 063 ming 818 doza) viloyatlarida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, 22 sentabrga qadar Isroilda 60,05%, AQShda 54,71%, Turkiyada 50,06%, Buyuk Britaniyada 65,21%, Rossiyada 28,27%, Qozog‘istonda 32,79 aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov 2021 yilning iyungacha mamlakat aholisining 60 foizigachasini emlash rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, 1 noyabrgacha O‘zbekiston aholisining 70 foizini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.