2021−2022-o‘quv yili uchun respublika OTMlari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Natijalarni:

  • litsey.edu.uz rasmiy veb-sayti;
  • OTM tasarrufidagi akademik litseylarning rasmiy veb-saytlari orqali aniqlash mumkin.

Iyul oyida akademik litseylarga dastlabki saralash hamda asosiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti ma’lum bir muddatga surildi. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda imtihonlarning o‘tkazilishi sentabr oyining birinchi yarmida bo‘lib o‘tishi aytildi.

sentabr oyi avvalida prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova OTMga kirish imtihonlari natijalarini (mandat) e’lon qilish kechikayotganligi uchun Davlat test markazini tanqid qildi. U DTM faoliyatini butunlay qaytadan ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi. Markaz ketma-ket uchinchi yil mandat e’lon qilish muddatini buzmoqda.