Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro R. E. boshqa bir fuqaro Sh. ga o‘zini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirgan. Unga “Ali” ismli tanishi orqali o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, jami 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga 83 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.