23 sentabr kuni O‘zbekistonda 560 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 171 080 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 165 282 (+668) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1212 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, payshanba kuni 134 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 711 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 221 nafarga yetdi.