Afg‘onistonning Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz — TIV
1 dekabr 2022, 10:52

Afg‘onistonning Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz — TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi «Jihodiya» madrasasida amalga oshirilgan terrorchilik harakatini keskin qoralab, bayonot berdi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Kunlik kovid statistikasi yana ortmoqda
1 dekabr 2022, 10:27

Kunlik kovid statistikasi yana ortmoqda

Chorshanba kuni O‘zbekistonda 154 kishi (bir kun avval 141 kishi) koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Kovidga chalinganlarning kunlik statistikasi ortmoqda. Eng ko‘p kasallanish doimgidek poytaxtda kuzatilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi
1 dekabr 2022, 10:23

Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi

Prezidentga yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish uchun savdoga qo‘yish bosqichlari va muddatlarini qisqartirish, bu jarayonga kadastr organlari xodimlarini jalb etish hamda xususiylashtirish bo‘yicha yig‘im miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda. Davlat rahbari ushbu chora-tadbirlarni tasdiqladi.

JCH-2022: Argentina va Polsha pley-offda, Meksikaga bir gol yetmadi
1 dekabr 2022, 09:50

JCH-2022: Argentina va Polsha pley-offda, Meksikaga bir gol yetmadi

C guruhining 3-turida Argentina va Polsha hamda Saudiya Arabistoni va Meksika terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Birinchi bahsda argentinaliklar g‘alaba qozonib, guruhda 1-o‘rinni olishgan bo‘lishsa, narigi uchrashuvda meksikaliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozonishdi, ammo pley-offga chiqish uchun 1 gol yetmadi.

1 dekabrda aksar banklarda dollarning sotish kursi 11 260 so‘mgacha tushdi
1 dekabr 2022, 09:41

1 dekabrda aksar banklarda dollarning sotish kursi 11 260 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 1 dekabr uchun dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘istonda yangi transport vaziri tayinlandi
1 dekabr 2022, 09:33

Qoraqalpog‘istonda yangi transport vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga transport vaziri etib Mamanbiy Omarov tayinlandi. Shuningdek, vazirning o‘rinbosari va vazirlik huquqshunosi lavozimidan ozod etildi. Mamanbiy Omarov shu paytga qadar O‘zbekiston Transport vazirligining boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

JCH-2022: Tunis Fransiyani yengdi, biroq keyingi bosqichga chiqa olmadi, Avstraliya — Daniya 1:0
1 dekabr 2022, 00:34

JCH-2022: Tunis Fransiyani yengdi, biroq keyingi bosqichga chiqa olmadi, Avstraliya — Daniya 1:0

D guruhidan joy olgan so‘nggi tur bahslari yakunlandi: Tunis — Fransiya uchrashuvida tunisliklar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi, ammo Astraliya Daniyani mag‘lub etgani sababli Tunis guruhdan chiqa olmadi. D guruhida Fransiyada ham, Avstraliyada ham ochkolar soni — 6. Biroq Fransiyada to‘plar nisbati yaxshiroq.

O‘zbekistonlikning Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirilishi mumkin
30 noyabr 2022, 22:37

O‘zbekistonlikning Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirilishi mumkin

O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarning o‘zaro sayohatlari shartlarini yangilashni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, bir davlat fuqarolari ikkinchi davlat hududida 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan qolishlari mumkin bo‘ladi. Hozirda bu muddat atigi besh kunni tashkil etadi.

Kuz faslining so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 noyabr 2022, 22:00

Kuz faslining so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Nukus voqealari ishi bo‘yicha sudlanuvchilar fikri, Toshkentda o‘tgan qaynonalar forumi, suvaraklarga o‘xshaydigan poraxo‘rlar, Andijon suv omborini boshqarish to‘g‘risidagi qonunlar, quruvchilarni nogironlar aravachasiga o‘tkizib ish sifatini tekshirgan Andijon hokimi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«Ipak yo‘lida turizm» 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ish boshladi
30 noyabr 2022, 20:59

«Ipak yo‘lida turizm» 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ish boshladi

30 noyabr-2 dekabr kunlari «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 30 ta davlatidan 300 nafardan ziyod soha mutaxassislari ishtirokida forum va sessiyalar, modalar namoyishi, B2B uchrashuvlari, gastrobozor, xalqaro oshpazlarning mahorat darslari o‘tkaziladi.

Samarqand Darvoza savdo markazi katta qishki chegirmalarni e’lon qildi
30 noyabr 2022, 19:00

Samarqand Darvoza savdo markazi katta qishki chegirmalarni e’lon qildi

2, 3 va 4 dekabr kunlari Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazida Hot Winter Sale — 90% gacha chegirmalar taqdim etiladi.

Bosh prokuratura hindistonlik investorning Toshkent hokimiga qarshi ayblovlarini tekshirmoqda
30 noyabr 2022, 18:52

Bosh prokuratura hindistonlik investorning Toshkent hokimiga qarshi ayblovlarini tekshirmoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni shantajda ayblagan hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalanning bayonotini tekshirishga kirishdi.

Akça Holding kompaniyasi O‘zbekistonda qiymati $250 mln bo‘lgan to‘qimachilik loyihasini ishga tushirmoqchi
30 noyabr 2022, 18:04

Akça Holding kompaniyasi O‘zbekistonda qiymati $250 mln bo‘lgan to‘qimachilik loyihasini ishga tushirmoqchi

Turkiyaning Akça Holding kompaniyasi Namanganda to‘qimachilik bo‘yicha $250 mlnlik investitsiya loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlari AQSh, Braziliya, Kanada va boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi.

Markaziy bank tijorat banklaridagi dollarlashuv darajasini qanday pasaytirmoqchi?
30 noyabr 2022, 17:11

Markaziy bank tijorat banklaridagi dollarlashuv darajasini qanday pasaytirmoqchi?

Dollarlashuv darajasining yuqoriligi narxlarni barqarorlashtirishga erishishdagi pul-kredit siyosatining samaradorligini pasaytiradi, deya qayd etdi MB. Bunga qarshi kurashish uchun regulyator inflyatsiyani pasaytirish niyatida, bu esa kredit stavkalari va dollarlashuvni kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda.

«Maktablarning qariyb 6 foizida harakat xavfsizligi sinfxonalari tashkil etilgan, xolos» — senator
30 noyabr 2022, 17:03

«Maktablarning qariyb 6 foizida harakat xavfsizligi sinfxonalari tashkil etilgan, xolos» — senator

Senator Qutbiddin Burxonov avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha prezident qarori ijrosida qator kamchiliklar kuzatilayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, maktab o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish ishlari ham talab darajasida emas.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan chegara va Andijon suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi
30 noyabr 2022, 16:54

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan chegara va Andijon suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha qonunlar imzolandi.

Farg‘onada 30 kg giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
30 noyabr 2022, 16:45

Farg‘onada 30 kg giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

DXX Farg‘ona viloyatida giyohvand moddalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni aniqladi. Ulardan 30 kgdan ortiq taqiqlangan moddalar musodara qilindi.

Poraxo‘r shaxslar suvaraklarga o‘xshaydi — Akmal Burxonov
30 noyabr 2022, 16:20

Poraxo‘r shaxslar suvaraklarga o‘xshaydi — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov korrupsionerlarni suvaraklarga o‘xshatib, ularni yegulik ko‘p joyda bo‘lishini aytdi.

Toshkentda qaynonalar forumi o‘tkazildi
30 noyabr 2022, 15:23

Toshkentda qaynonalar forumi o‘tkazildi

30 noyabr kuni poytaxtdagi Temiryo‘lchilar madaniyat saroyida qaynonalar forumi o‘tkazildi. Unda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, jamoatchilik faollari va qaynonalar qatnashgan. Forumda 30 noyabrni Qaynonalar kuni, deb e’lon qilish taklifi bildirilgan.

Samarqandda O‘zbekiston — Rossiya hukumatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
30 noyabr 2022, 14:43

Samarqandda O‘zbekiston — Rossiya hukumatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdi. 1−2 dekabr kunlari Samarqandda ikki davlat hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting